Davlat buyurtmachisi elektron doʻkonda ishtirokchilarning ofertalarini oʻrganish yoʻli bilan oʻzi uchun zarur boʻlgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va tovar (ish, xizmat) tanlanganidan keyin narxlar soʻrovi mexanizmidan foydalanadi. Davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik rejimda, narxlar soʻrovi mexanizmini amalga oshirgan holda tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchiga, shuningdek elektron doʻkonda oʻxshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish toʻgʻrisida takliflar yuborilishini taʼminlaydi. Ishtirokchilar narxlar soʻrovida ishtirok etish toʻgʻrisidagi taklif davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan yuborilgan paytdan eʼtiboran ikki ish kuni ichida oʻz takliflarini berishga haqli. Ishtirokchilarga yuborilayotgan narxlar soʻrovida ishtirok etish toʻgʻrisidagi taklif davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasiga doir havolani oʻz ichiga oladi. Xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish taklifini olgan ishtirokchi davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan oferta narxidan pastroq narx boʻyicha taklif kiritishga haqli. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx boʻyicha takliflarni taqqoslash davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va eng past narxni taklif qilgan ijrochi oʻrtasida tuzilgan bitimni roʻyxatdan oʻtkazadi. Ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan davlat buyurtmachisi yoki ishtirokchilar yakunlar sarhisob qilinadigan paytga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining nomi gʻolib aniqlangan paytda davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettiriladi. Davlat xaridlarining elektron tizimi shartnomani davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiradi. Xarid qilish tartib-taomillarining yakuniga koʻra faqat ta