Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirish bilan bir vaqtda davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan axborot; ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta, toʻlov tartibi va yetkazib berish shartlari haqidagi axborot; tanlashda ishtirok etish uchun taklifni davlat tilida va, zaruriyatga qarab, boshqa tillarda tayyorlash majburiyligi toʻgʻrisidagi talab; ishtirokchilarga tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana; texnik topshiriq; ushbu Qonunga muvofiq takliflarni baholash mezonlari va koʻrib chiqish tartibi; tanlash ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ariza taqdim etish majburiyligi haqidagi talab. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, xizmat) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida koʻrib chiqilishini eʼlon qilishi mumkin. Bunday holda davlat buyurtmachisi turli tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tanlashning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir tovar (ish, xizmat) uchun faqat bitta gʻolib aniqlanishi mumkin. Har bir tovar (ish, xizmat) uchun gʻolib xarid qilish tartib-taomilining shartlariga koʻra alohida-alohida aniqlanadi. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlariga ularning ajralmas qismi boʻlgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi. Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini tasdiqlaydi. Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda tanlashda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan bir ish kunidan kechiktirmay