Ikki bosqichli davlat xaridlari quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi: gʻolibni aniqlash mezonlari tovarning (ishning, xizmatning) nafaqat pul bilan baholanishini, balki texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan texnik jihatdan murakkab tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham oʻz ichiga oladi; tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq) miqdorni tashkil etadi.