Davlat xaridlari toʻgʻrisida 71-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi

Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat xaridlari quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: 1) Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi; 3) favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi; 4) sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokatni (vakilni) tayinlash bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridi; 5) boshqa yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, litsenziya bitimiga (shartnomasiga, kontraktiga) asosan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) intellektual faoliyat natijalari muallifidan yoki intellektual faoliyat natijalaridan mutlaq foydalanish huquqiga ega boʻlgan yetkazib beruvchidan, shuningdek fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining ushbu intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqqa ega boʻlgan yagona shaxsdan davlat xaridi; 6) narxi (tarifi) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi; 7) davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safarlari va boshqa hollar uchun chiptalarning davlat xaridi (avia, temir yoʻl va yoʻnalishli transportiga), shuningdek yashash xarajatlari; 8) boshqa yetkazib beruvchi tomonidan xizmat koʻrsatish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan avval olib kelingan tovarlarga (ishlarga, xizmat