Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida 14-modda. Elektron hujjatni joʻnatish

Elektron hujjat, agar u bevosita elektron hujjatni joʻnatuvchi yoki uning axborot vositachisi tomonidan joʻnatilgan boʻlsa, joʻnatilgan deb hisoblanadi. Agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron hujjatni joʻnatuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin boʻlmagan joʻnatilish vaqti elektron hujjatni joʻnatish vaqti deb hisoblanadi.