Agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa: elektron hujjatni qabul qilib oluvchi tomonidan koʻrsatilgan axborot tizimi orqali elektron manzil boʻyicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi; elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul qilib olinishini taʼminlagan axborot tizimi hatto boshqa yerda joylashgan boʻlsa ham, elektron hujjatni qabul qilib oluvchi turgan joyda qabul qilib olingan deb hisoblanadi.