Elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanishi kerak. Elektron hujjatlarni saqlash chogʻida ulardan erkin foydalanish va ularning qogʻoz nusxalarini taqdim etish imkoniyati taʼminlanishi lozim. Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shunga oʻxshash maqsadga moʻljallangan qogʻoz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam boʻlmasligi kerak.