Elektron tijorat toʻgʻrisida 15-modda. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning yuridik kuchi

Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, oʻz yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborot (bundan buyon matnda elektron xabarlar deb yuritiladi) qogʻozda rasmiylashtirilgan va oʻz qoʻli bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ulardan shartnoma tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin. Shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas. Elektron tijorat ishtirokchisining ofertani qabul qilganligi toʻgʻrisidagi javobi (aksept) elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida yoxud ofertadagi shartlarni bajarish boʻyicha harakatlarni bajarish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.