Elektron tijorat toʻgʻrisida 16-modda. Elektron tijoratda ofertaga doir talablar

Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yoʻllangan, yetarli darajada aniq boʻlgan va taklif kiritgan shaxsning oʻzini taklifni qabul qiladigan, oʻziga taklif yoʻllangan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta deb eʼtirof etiladi. Elektron tijoratda oferta elektron hujjat tarzida shakllantiriladi. Elektron tijoratda oferta: ofertani yuborgan shaxsning nomini (oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning familiyasini, ismini, otasining ismini); ofertani yuborgan shaxsning pochta va elektron manzilini, telefon raqamini; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqamini, amal qilish muddatini, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organning nomini); shartnomani tuzish tartibini, shuningdek akseptni yuborish va chaqirib olish tartibini; shartnoma shartlarini kelishib olish chogʻida unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish imkoniyati hamda tartibini; tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish va ularga haq toʻlash shartlarini, shuningdek ular uchun taklif etilayotgan narxlarni (tariflarni); hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yoʻli bilan shartnomaga kiritiladigan shartlarga doir koʻrsatmalarni oʻz ichiga olishi kerak. Elektron tijoratda oferta qonunchilikka muvofiq boshqa axborotni ham oʻz ichiga olishi mumkin.