Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron tijorat ishtirokchilari oʻzaro kelishuvga koʻra quyidagilarni belgilashga haqli: identifikatsiya qilish, elektron hujjat va xabar almashish tartibini; shartnoma tuzishga doir harakatlarni amalga oshirish tartibini; ofertani joylashtirish, yuborish va qabul qilish tartibini; akseptni yuborish va akseptni chaqirib olish tartibini; axborotning ishonchliligini tekshirish tartibini; taraflarning axborot tizimlari dasturiy taʼminotidan foydalanish tartibini.