Moddiy jismlarda tarqatiladigan raqamli mahsulotlarga doir shartnomalar boshqa tovarlarga oid shartnomalarga oʻxshash tarzda tasdiqlanadi. Moddiy jismdan foydalanmagan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatiladigan, onlayn xizmatlardan foydalanish yoki ularga obuna boʻlish va boshqa usullar orqali tarqatiladigan raqamli mahsulotlarga doir shartnomalar: cheklar, raqamli mahsulotga boʻlgan huquqni sotib olish toʻgʻrisidagi kvitansiyalar hamda shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, moddiy jismdan foydalanmagan holda tarqatish jarayonida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan boshqa xabarlar; xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki hujjatlari (xoʻjalik yurituvchi subyekt masʼul shaxsining hisobotlari, bankdan olingan koʻchirmalar, buxgalteriya maʼlumotnomalari va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlamchi hisobga olish hujjatini unga quyidagilarni ilova qilgan holda bir tomonlama tartibda rasmiylashtirishga haqli: qoʻshilib olishga, ofertaga oid shartnomaning, litsenziya shartnomasining va boshqa shartnomaning elektron koʻchirma nusxalarini; hisobvaraq-fakturaning (invoysning) yoki kontragentdan elektron xabar shaklida olingan boshqa hujjatning koʻchirma nusxalarini; pul mablagʻlari kelib tushganligini va ularning toʻlanganligini tasdiqlovchi elektron hujjatlarni (elektron xabarlarni).