Elektron tijorat toʻgʻrisida 24-modda. Pul mablagʻlarini deponentlash tizimi

Elektron tijorat sohasida pul mablagʻlarini deponentlash (bundan buyon matnda “eskrou” xizmati deb yuritiladi) xaridorning toʻlangan pul mablagʻlarini shartnomaga doir tegishli majburiyatlar toʻliq bajarilguniga qadar ushlab turish xizmatidir. Savdo maydonchalarining operatorlari, toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (bundan buyon matnda “eskrou” xizmatini koʻrsatuvchi deb yuritiladi) oʻz axborot tizimlariga yoki bank hisobvaraqlariga “eskrou” xizmatini joriy etishi mumkin. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun xaridor tomonidan toʻlovni amalga oshirish chogʻida “eskrou” xizmatini koʻrsatuvchi toʻlangan pul mablagʻlarini xaridordan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olinganligining tasdigʻi olinguniga qadar saqlash huquqiga ega. “Eskrou” xizmatini joriy etishda tegishli shartnoma doirasida, agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, “eskrou” xizmatini koʻrsatuvchi pul mablagʻlarini xaridorga qaytaradi (asosli daʼvo mavjud boʻlganda) yoki, agar tovar xaridor tomonidan olingan va qabul qilingan boʻlsa, pul mablagʻlari sotuvchining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Agar xaridor shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati tugagach tovarlar (ishlar, xizmatlar) olinganligi faktini tasdiqlamasa yoki rad etmasa, pul mablagʻlari shartnomada nazarda tutilgan muddatda avtomatik ravishda sotuvchining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. “Eskrou” xizmatini koʻrsatuvchi “eskrou” xizmatini amalga oshirishda: shartnomaning tegishli shartlari bajarilguniga qadar pul mablagʻlarini bankning alohida maxsus hisobvaragʻida saqlashi yoki ularning bank kartasida deponentlanishini taʼminlashi; deponentlangan pul mablagʻlarining hisobga olinishini ularni elektron tijoratdagi muayyan shartnomalarga bogʻlagan holda taʼminlashi; pul mablagʻlari deponentlanganligi faktiga va ular shartnoma taraflariga oʻtkazilganligi faktiga taalluqli axborotni taqdim etishi; axborot tizimlaridan foydalanish qoidal