Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolarning sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Basharti xalqaro shartnomada fuqarolarning sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikdagidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.