Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 14-modda. Ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning sogʻliqni saqlash huquqi

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ajnabiy fuqarolarning sogʻliqni saqlash huquqi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kafolatlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, sogʻliqni saqlashda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng huquqdan foydalanadilar. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydi.