Davlat sogʻliqni saqlash tizimi, jamoat birlashmalarining muassasalari koʻrsatadigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tibbiy xizmat koʻrsatishning asosiy, qulay va bepul turi boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi: eng koʻp tarqalgan kasalliklar, shikastlanish, zaharlanish va shoshilinch yordam talab etiladigan boshqa holatlarni davolashni; sanitariya-gigiyenaga doir va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, eng muhim kasalliklarning tibbiy profilaktikasini oʻtkazishni; oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlarini, turar joylarda fuqarolarga tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlar koʻrishni. Xususiy va boshqa xil sogʻliqni saqlash tizimlarining muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami shartnoma asosida amalga oshiriladi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shunday yordam koʻrsatiladigan fuqarolarning ayrim guruhlari bundan mustasno. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning hajmi va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydi.