Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 3-modda. Fuqarolar sogʻligʻini saqlashning asosiy prinsiplari

Fuqarolar sogʻligʻini saqlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi; aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand boʻla olishi; profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi; sogʻligʻini yoʻqotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi; tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi.