Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 32-modda. Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish

Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga davlat sogʻliqni saqlash tizimining tegishli davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatiladi va doimiy tibbiy kuzatuv taʼminlanadi. Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar roʻyxati va bunday kasalliklarga chalingan shaxslar uchun imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam turlari va hajmini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilaydi.