Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 33-modda. Atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish

Atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish davlat sogʻliqni saqlash tizimining ana shunday maqsadga moʻljallangan muassasalarida bepul amalga oshiriladi. Atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamning turlari va hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilanadi.