Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 39-modda. Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalari

Sud-tibbiyot ekspertizasi davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalarida ekspert tomonidan, uning yoʻqligida esa — ekspertiza oʻtkazishga jalb etilgan shifokor tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida oʻtkaziladi. Sud-psixiatriya ekspertizasi davlat sogʻliqni saqlash tizimining shu maqsadga moʻljallangan muassasalarida oʻtkaziladi. Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi qonunchilikda belgilab qoʻyiladi. Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini oʻtkazgan muassasalarning xulosalari ustidan fuqaroning oʻzi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.