Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 43-modda. Professional tibbiyot va farmatsevtika uyushmalari

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oʻz huquqlarini himoya qilish, tibbiyot va farmatsevtika amaliyotini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasb faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish maqsadida ixtiyoriy asosda tarkib topadigan professional uyushmalar hamda boshqa jamoat birlashmalari tuzish huquqiga ega. Professional tibbiyot, farmatsevtika uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari oʻz faoliyatlarini ustavlar asosida va qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar.

VI. YAKUNLOVCHI QOIDALAR