Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan taʼminlanish huquqiga egadirlar. Respublika hududidan tashqarida yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar. Ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy taʼminlanish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qoʻyadi.