Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 30-modda. Ustama haqlarni hisoblab chiqarish shartlari

Ustama haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan qatʼi nazar qoʻshib hisoblanadi. Pensiya soʻrab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddaning “a” yoki “b” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “i” — “m” bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri qoʻshib hisoblanadi. Pensiya soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha ushbu Qonunning 28-moddasi “g” , “d” yoki “e” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “j” — “m” bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri qoʻshib hisoblanadi.