Chet elda yollanib ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno: 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarining miqdoridan; 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davr uchun — toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan; 2020-yil 1-yanvardan — toʻlangan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.