Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 37-modda. Ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari

Quyidagilar ish stajiga qoʻshib hisoblanadi: a) 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa; 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq toʻlash tarzidagi oʻz daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq toʻlagan davr; 1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xoʻjaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xoʻjaligi aʼzosi uzrsiz sabablarga koʻra jamoa xoʻjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʻlsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi. Ijodiy faoliyat bilan mashgʻul xodimlarning ish stajini, basharti ular Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari eʼlon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan eʼtiboran belgilaydilar; b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qoʻshilmalarida boʻlish, davlat xavfsizligi organlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish; v) idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, harbiylashtirilgan qoʻriqlashdagi, maxsus aloqa organlari va togʻ-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat; g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xoʻjalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xoʻjaligidagi faoliyat, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatidagi mehnat faoliyati: 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda; 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekab