Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 51-modda. Tayinlangan pensiyani qayta hisoblash muddatlari

Pensiyani oshirish huquqi paydo boʻlganida tayinlangan pensiyani qayta hisoblash pensioner pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi. Pensiya miqdorini kamaytirishga sabab boʻladigan holatlar vujudga kelgan taqdirda qayta hisoblash ana shu holatlar paydo boʻlgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.