Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 53-1-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiyalar toʻlash

Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar toʻlash manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.