Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 59-modda. Oʻtgan davr uchun pensiya toʻlash

Pensionerga hisoblab chiqarib qoʻyilgan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi yigirma toʻrt oydan oshmagan davr uchun toʻlanadi. Pensiyani tayinlovchi yoki toʻlovchi organning aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya puli oʻtgan davr uchun muddati cheklanmagan holda toʻlanadi.