Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 6-modda. Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik

Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolar davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.