Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida 14-modda. Fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan oʻlimni qayd etish va ishonchnomalarni tasdiqlash

Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) oʻlimni qayd etishni belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin. Fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) xat-xabarni, shu jumladan pul va joʻnatmani olish uchun, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boshqa toʻlovlarni olish uchun, mualliflar va ixtirochilarning haqlarini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olish uchun ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin.