Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Raisning maslahatchilari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasi boʻyicha yigʻin tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Yigʻinning masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari yigʻinni, kengash majlisini oʻtkazishga doir materiallarni tayyorlaydilar, yigʻinning, kengashning va raisning (oqsoqolning) qarorlari ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydilar, ish yuritilishini amalga oshiradilar. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin.