Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qurilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy va boshqa maqsaddagi obyektlar, shuningdek transport vositalari, xoʻjalik anjomlari va boshqa koʻchar hamda koʻchmas mulk ularning mulki hisoblanadi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz mulki boʻlgan obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, belgilangan tartibda oʻz tasarrufidan chiqarishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ushbu mol-mulk bilan bogʻliq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.