Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida 26-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlarini koʻrib chiqishning shartligi

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonunda belgilangan muddatda koʻrib chiqilishi shart.