Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida 6-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratadilar, ularning ishlariga aralashishga yoʻl qoʻymaydilar, fuqarolarga oʻzini oʻzi boshqarishga doir huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashadilar.