Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 10-modda. Fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilish

Fuqarolik huquqlari protsessual qonunchilik yoki shartnomada belgilab qoʻyilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli boʻlishiga qarab, sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi (bundan keyin — sud) tomonidan himoya qilinadi. Qonunda nazarda tutilgan hollardagina fuqarolik huquqlari maʼmuriy tartibda himoya qilinadi. Maʼmuriy tartibda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.