Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 118-modda. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan ushbu Kodeksning 27-moddasiga muvofiq uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligi talab qilinadigan hollarda ularning roziligisiz tuzilgan bitim ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar bunday bitim haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi. Bu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 22-moddasining ikkinchi qismi va 28-moddasida nazarda tutilgan hollarda toʻla muomala layoqatiga ega boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.