Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 157-modda. Daʼvo muddati oʻtishining uzilishi

Daʼvo muddatining oʻtishi belgilangan tartibda daʼvo qoʻzgʻatilishi bilan, shuningdek majbur shaxs qarzni tan olganligini koʻrsatuvchi harakatlarni qilishi bilan uziladi. Uzilishdan keyin daʼvo muddatining oʻtishi yangidan boshlanadi, uzilishgacha oʻtgan vaqt esa — yangi muddatga qoʻshilmaydi.