Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 173-6-modda. Servitutni oʻzgartirish va bekor qilish

Servitut toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlar kiritishda va uni bekor qilishda ushbu Kodeksning shartnomalarni oʻzgartirish va bekor qilishga doir qoidalari qoʻllaniladi. Ommaviy servitutni oʻzgartirish va bekor qilish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Servitutni oʻzgartirish va bekor qilish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.