Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 178-modda. Operativ boshqarish huquqi

Davlat muassasasi oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradi. Davlat muassasasiga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkning egasi ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki nooʻrin foydalanilayotgan mol-mulkni olib qoʻyish hamda uni oʻzi xohlagan tarzda tasarruf etishga haqli.