Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 233-modda. Mulk huquqining qonunga muvofiq bekor boʻlish oqibatlari

Mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu Qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar, shu jumladan mol-mulkning qiymati davlat tomonidan toʻlanadi. Zararni toʻlash bilan bogʻliq nizolar sud tomonidan hal qilinadi.