Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 253-modda. Solidar qarzdorlarning kreditor talablariga qarshi eʼtirozlari

Qarzdor solidar boʻlib majburiyat olgan taqdirda boshqa qarzdorlarning kreditor bilan mazkur qarzdor qatnashmaydigan munosabatlariga asoslangan eʼtirozlarni kreditorning talablariga qarshi qoʻyishga haqli emas.