Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 336-modda. Ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibatlari

Agar ikki taraflama shartnomada bir taraf oʻzi javobgar boʻlgan vaziyat tufayli uni bajarishi mumkin boʻlmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olishga haqli.