Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 342-modda. Voz kechish haqi

Taraflarning kelishuviga muvofiq majburiyat uni bajarish oʻrniga voz kechish haqini berish (pul toʻlash, mol-mulk berish va shu kabilar) bilan bekor qilinishi mumkin. Voz kechish haqining miqdori, muddatlari va uni berish tartibini taraflar belgilaydilar.