Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 35-modda. Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qarorning bekor qilinishi

Bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan taqdirda, sud uni bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qarorni bekor qiladi. Sudning qarori asosida fuqaroning mol-mulkini boshqarish bekor qilinadi.