Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 95-modda. Valyuta qimmatliklari

Valyuta qimmatliklari deb hisoblanadigan mol-mulk turlari va ular xususida bitimlar tuzish tartibi qonun bilan belgilab qoʻyiladi. Valyuta qimmatliklariga mulk huquqi umumiy asoslarda himoya qilinadi.