Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1000-modda. Birgalikda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik

Birgalikda zarar yetkazgan shaxslar jabrlanuvchining oldida solidar javobgar boʻladilar. Jabrlanuvchining arizasiga koʻra va uning manfaatlarini koʻzlab, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslarga hissali javobgarlikni yuklashga haqli.