Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1003-modda. Zararning oʻrnini qoplash usullari

Sud zararni qoplash toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirar ekan, ish holatlariga muvofiq ravishda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga zararni aslicha qoplash (oʻshanday turdagi va sifatdagi ashyoni taqdim etish, shikastlangan ashyoni tuzatish va hokazo) yoki yetkazilgan zararni toʻlash majburiyatini yuklaydi.