Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1005-modda. Shartnomalarga oid yoki boshqa majburiyatlarni bajarishda fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash

Shartnoma majburiyatlarini bajarishda, shuningdek harbiy xizmat majburiyatlarini, ichki ishlar organlaridagi xizmatni va boshqa shunga oʻxshash majburiyatlarni bajarishda fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar, agar qonunda yoki shartnomada javobgarlikning ancha yuqori miqdori nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu bob qoidalariga muvofiq qoplanadi.