Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1024-modda. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish toʻgʻrisidagi talablarning fuqarolik huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi boshqa talablar bilan oʻzaro bogʻlanishi

Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa va tegishli munosabatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu bobning qoidalari, shuningdek: haqiqiy boʻlmagan bitim boʻyicha bajarilgan narsani qaytarish toʻgʻrisidagi; mulkdor tomonidan mol-mulkni birovning qonunga xilof tarzdagi egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi; majburiyatidagi bir tarafning boshqa tarafga ana shu majburiyatlar munosabati bilan qaytarish toʻgʻrisidagi; zararni, shu jumladan boylik orttirgan shaxsning insofsizlik bilan qilgan xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablarga nisbatan qoʻllanilishi lozim.