Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1105-modda. Tovar belgisiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi

Guvohnomada koʻrsatilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarning barcha guruhlariga yoki bir qismiga nisbatan tovar belgisiga boʻlgan huquqni uning egasi shartnoma asosida boshqa shaxsga berishi mumkin. Tovar belgisiga boʻlgan huquqni, basharti u tovar yoki uning tayyorlovchisi haqida chalgʻishga sabab boʻlishi mumkin boʻlsa, boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tovar belgisiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi, shu jumladan uni shartnoma asosida yoki huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga berish vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilmogʻi lozim.