Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1112-modda. Vorislik asoslari

Vorislik vasiyat va qonun boʻyicha amalga oshiriladi. Qonun boʻyicha vorislik vasiyat mavjud boʻlmasa yoxud butun merosning taqdirini belgilamasa, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.